Jamiyat
Urganch shahridagi nojoʻya holat yuzasidan bir necha soat oldin tarqalgan videolar koʻpchilik qatori bizning ham taʼbimizni xira qildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, xususiy korxonaga tegishli monitor nomaʼlum kimsalarning kiberhujumiga uchragani aytilgan edi. Keyinchalik xususiy korxonaning monitorga masʼul xodimi tomonidan ataylab uyushtirilgani haqida maʼlumot paydo boʻldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar surishtiruvni davom ettirmoqda.
Bugungi axborot asrida kiber xavfsizlikni taʼminlash faqat iqtisodiyot, mudofaa va sanoat kabi sohalarda emas, shu bilan birga maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishida ham nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. AKT tobora rivojlanib borayotgan hozirgi davrda xalqimizning maʼnaviyatiga turli tahdidlar kuzatilishiga tayyor turishimiz shartligini vaziyat taqozo qilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, holatni tasvirga olgan fuqarolar muammoga tezda barham berish maqsadida tegishli tashkilotlarga murojaat qilgani tahsinga loyiq. Vaziyatdan xabar topgan Urganch shahar hokimligi monitorni darhol elektr manbaidan uzdirgan.
Paytdan foydalangan ayrim blogerlar esa arzon mashhurlik ilinjida nojoʻya tasvirlarni pardasiz holatda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmoqdaki, bu nafaqat odob-axloq mezonlarining oyoq osti qilinishi, ayni paytda huquqbuzarlik sifatida ham baholanishi tarafdorimiz. Ularni ham bevosita aybdorlar bilan birga javobgarlikka tortish masalasini qonunan koʻrib chiqishni tegishli tashkilotlardan soʻrab qolamiz.
Tez orada holat yuzasidan yana axborot beriladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyat boʻlimi
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q