Oʻzbekistonda 9-11-sinf bitiruvchilari qaysi fanlardan yakuniy imtihon topshirishi maʼlum boʻldi

Saqlash
14:29 / 31.03.2022 1547 1

Oʻzbekistonda toʻqqizinchi va oʻn birinchi sinf bitiruvchilari qaysi fanlardan yakuniy imtihon topshirishi maʼlum boʻldi. Bu haqida Xalq taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, vazirlikning buyrugʻi asosida 2021-2022 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot, oʻzbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha yakuniy imtihon topshirishi qayd etilgan.

 

Shuningdek, 11-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilandi.

 

“Umumtaʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha namunaviy nazorat materiallari Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanib, taʼlim markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi”, deyiladi xabarda.

1 Izoh

Yulduz

12:01 / 01.01.1970

Har bir oʻquvchining qiziqishiga koʻra tanlanadigan imtihon qay tariqa tashkillanadi. Har bir oʻquvchi oʻzi tanlagan fandan topshiradimi yoki oʻquvchilarning tanlovi ovozga qoʻyiladimi

Izoh qoldirish

//