Madaniyat
Internet saytlarida Buxoro shahridagi «Abdulazizxon» madrasasi va uning qulab tushgan sharqiy qismidagi devorini konservatsiya va restavratsiya qilish ishlari oqsayotganligi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Madaniy meros agentligining Buxoro viloyat boshqarmasi axborot xizmatiga koʻra, XVII asrda bunyod etilgan ushbu obyekt YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va haqiqatdan ham taʼmirtalab holatga kelib qolgan.
Shu sabab 2020-yilda «Abdulazizxon» madrasasini restavratsiya qilish boʻyicha loyiha hujjatlari tayyorlanib, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyasi talablariga asosan Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan. YUNESKOning maslahat qoʻmitasi hisoblangan IKOMOS xalqaro tashkiloti tomonidan madrasaning avariya holatida boʻlgan qismlarini konservatsiya qilish ishlariga ruxsat berilgan.
.jpg)
Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda madrasaning tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan va unga tutash devor qismlarini taʼmirlash va qayta tiklash, obodonlashtirish ishlariga jami 4,5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111064
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q