Uill Smit xasta rafiqasi haqida qoʻpol hazil qilgan boshlovchiga tarsaki tushirdi

Saqlash
16:02 / 28.03.2022 1045 0

“Oskar” mukofotini topshirish marosimida komik aktyor Kris Rok sahnadan turib Uill Smitning rafiqasi — Jada Pinkett Smit haqida qoʻpol hazil qildi. Bunga chiday olmagan Uill Smit oʻrnidan turib, sahnaga chiqdi va Rokning yuziga shapaloq tushirdi. Ushbu holat videosi tarmoqlarda tezlik bilan tarqalib ketdi.

 

Hollivud muxbiri Skott Faynbergning yozishicha, Uill Smit oʻz joyiga qaytib kelgach, Kris Rokga qarab shunday dedi: “... ogʻzing bilan rafiqamning ismini tilga olma”.

 

Yigʻilganlar bunday xatti-harakatdan hayratda qolishdi, tushunmovchilikdan sarosimaga tushishdi: bu hazilmi yoki Smit haqiqatan ham hamkasbiga zarba berdimi? Skott Faynberg voqeani haqiqatda sodir boʻldi, deb maʼlum qildi.

 

 

Maʼlum boʻlishicha, komik aktyor sahnada Uill Smit rafiqasining “juda kalta soch turmagi” haqida hazil qilgan. Jada Pinkett Smit esa hozirda soch toʻkilishiga olib keladigan kasallik alopetsiyadan aziyat chekmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, Uill Smit “Qirol Richard” filmi uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida 2022-yilgi “Oskar” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//