Jamiyat
Oʻzbekistonda 2022-yil mart oyida juda yomgʻirli boʻldi ilgari kuzatilmagan jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomgʻirlar yogʻdi, deya xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.
Qayd etilishicha, shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik miqdori oylik meʼyordan sezilarli darajada koʻp boʻladigan respublikaning togʻli va togʻli oldi hududlarida yogʻingarchilik odatdagidan 2–3-marta koʻp boʻlgan. Toshkentda deyarli 2 oylik yogʻingarchilik miqdori yogʻgan.
Jadal yomgʻirning davomiyligi ham anormal – 5-martdan 17-martga qadar deyarli har kuni biroz tanaffus bilan yomgʻir yogʻgan.
Eng kuchli yomgʻir 11–15-mart kunlari kuzatilgan. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda bir kecha-kunduzda yogʻgan yogʻingarchilik miqdori ayrim kunlarda 25–40 mm, togʻli hududlarda baʼzi joylarda 50–60 mm gacha boʻlgan.
“Shu bilan yomgʻirlar tugamadi. 18-martga qadar Oʻzbekiston hududining katta qismida yomgʻirlar tanaffus bilan yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. 18-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanish ehtimoli bor. Respublikamizning shimolida yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik ushbu kunlarda biroz boʻladi”, deyiladi xabarda.
18-martdan soʻng yogʻingarchilik 2–4 kunga tanaffus qilishi kutilmoqda. Keyinchalik mart oyining oxirigacha bu kunlar kabi kuchli va uzoq muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmayapti.
Taʼkidlanishicha, 2003, 2012 va 2021-yillarning mart oylarida ham juda yomgʻirli ob-havo kuzatilgan, ammo bu yilgi kabi jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomgʻirlar ilgari kuzatilmagan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q