Jamiyat
Oliy Majlis Senating yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonun ham muhokama qilindi.
Maʼlum qilinishicha, qonunning maqsadi mamlakatda kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Uning asosiy vazifalari kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish hisoblanadi.
Qonunda kiberjinoyatchilik, kibertahdid, kiberxavfsizlik, kiberhimoya va kiberhujum kabi tushunchalar qoʻllanib, kiberxavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari va bu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanmoqda.
Shuningdek, qonun bilan Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanib, uning huquqlari va majburiyatlari mustahkamlab qoʻyilmoqda. Bundan tashqari, Qonun davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash borasidagi huquq va majburiyatlarini nazarda tutadi.
Taʼkidlanishicha, qonunning qabul qilinishi, ruxsatsiz harakatlar, axborotni yoʻq qilish, oʻzgartirish, buzish, nusxalash, bloklash va mamlakatning axborot tizimlari va tarmoqlariga noqonuniy aralashishning boshqa shakllarining oldini olishga ham xizmat qiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q