Jamiyat
Fargʻona shahri koʻchalarida velosipedga oʻrnatilgan koʻchma kitob doʻkoni paydo boʻldi, deya xabar berdi “Daryo” nashri.
Sayyor kitob doʻkoni tashkil qilgan Sardor Madgʻoziyevning aytishicha, u anchadan buyon koʻchma kitob doʻkoni tashkil etishni rejalashtirgan. Shu maqsadda internet orqali xorij davlatlari tajribasini oʻrganib, yangi loyihani ishlab chiqqan.
Sayyor kitob doʻkoni velosipedga mahalliy ustalar yordamida moslashtirilgan.
.jpg)
Maʼlum qilinishicha, ixcham va har tomonlama qulay boʻlgan doʻkon barcha xarajatlari bilan oʻn million soʻmga tushgan. Ayni kunlarda velosipedda harakatlanayotgan sayyor kitob doʻkoni Fargʻona shahrining aholi gavjum joylarida yurib, kitobxonlarga xizmat koʻrsatmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109960
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73397
Jamiyat
//
Izoh yo‘q