Andijonda bankomatni buzib ochmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

Saqlash
21:21 / 16.03.2022 748 0

Andijon shahridagi bankomatlardan birini buzib, undagi pullarni oʻgʻirlashga uringan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning 12-mart kuni soat 22:50 da Andijon shahar Qoʻriqlash boʻlimi tomonidan qoʻriqlanayotgan «Hamkorbank» tijorat bankining “Nodirabegim” filialida xizmat olib borayotgan safdor-xodimlar xizmat olib borish davrida filialga qarashli bankomat atrofida shubhali shaxs harakatlanayotganini koʻrib, zudlik bilan boshqarma monitoring markaziga xabar bergan.

 

Mazkur xabarga asosan, Andijon shahar Qoʻriqlash boʻlimi qoʻriqlash markazi xodimlari voqea joyiga yetib borib, mazkur bankomatni ochishga uringan shubhali shaxs N.Sh.ni qoʻlga olgan. Andijon shahar ichki ishlar boʻlimiga olib borilgan fuqaro koʻzdan kechirilganda unda mix sugʻuradigan asbob (gvozdyor) va temir sim (tross) mavjudligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov boʻlimi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//