Jamiyat
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Buning sababi oʻrganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1-martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak boʻladi, degan notoʻgʻri maʼlumot tarqalganligi bilan bogʻliq ekanligi aniqlandi. Davlat xizmatlari agentligi ushbu holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Taʼkidlanishicha, aholiga qulay boʻlishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022-yil 31-dekabrga qadar davom etadi. Shuningdek, bunda qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Maʼlumot uchun, eski «prava»lar quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q