Jamiyat
Misr va Turkiyadan 16-mart kuni uchgan samolyotlar tuman sabab Toshkent aeroportiga qoʻnolmadi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, quyuq tuman sabab Toshkent aeroportida koʻrish masofasi 150 metrni tashkil qilgan va bir qancha ichki va xalqaro reyslar kechiktirilgan. “Turkish Airlines” aviakompaniyasining bortida 259 yoʻlovchi boʻlgan Istanbul–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha samolyot belgilangan aeroportga qoʻna olmagan va soat 8:45 da Bishkekdagi aerodromga joʻnab ketgan.
Shuningdek, “Air Cairo” aviakompaniyasining Sharm-al-Shayx–Toshkent yoʻnalishi boʻylab MSC-771 qatnovini amalga oshirayotgan havo kemasi koʻrish imkoniyati yomonlashgani tufayli (koʻrish imkoniyati 200 metr) “Navoiy” zaxira aerodromiga yoʻnaltirilgan. Sahnida 172 yoʻlovchi boʻlgan samolyot soat 09:35 da “Navoiy” aeroportiga qoʻngan.
Toshkent vaqti bilan soat 10:14 da “Toshkent” aeroportidagi cheklovlar bekor qilingan.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112415
Jamiyat
95074
Jamiyat
91288
Jamiyat
75985
Jamiyat
//
Izoh yo‘q