Jamiyat
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi 2022-yil uchun “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi” mavzusidagi Davlat grantining 1-tanlovini eʼlon qildi.
Tanlovda davlat roʻyxatidan oʻtgan Toshkent shahri NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi yoʻnalishlardagi loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi:
Imkoniyati cheklangan yoshlar va xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda bandligini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlarning faolligini oshirish;
Mahallalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj imkoniyati cheklangan yolgʻiz keksalarga, turli xastalikka chalingan bemor bolalar va yoshlarga oʻz uyida ijtimoiy va huquqiy yordam koʻrsatish;
Imkoniyati cheklangan shaxslarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish va oʻz biznesini boshlashiga koʻmaklashish, davlat va nodavlat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun boshlangʻich sarmoya mikrokreditlarini olishda amaliy yordam koʻrsatish;
Keksalar, imkoniyati cheklangan, yakka-yolgʻiz va ogʻir ahvolga tushib qolgan insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat koʻrsatishda davlat organlariga koʻmaklashish;
Mahallalarda imkoniyati cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlariga shart-sharoitlar yaratish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga koʻmaklashish;
Imkoniyati cheklangan, yordamga muhtoj va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish;
Mahallalarda, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda imkoniyati cheklangan kichik yoshdagi bolalar va ularning onalari uchun tibbiy koʻriklarni tashkil etish;
Rivojlanishida muammolari boʻlgan yoki ularning yuzaga kelishi xavfi boʻlgan bolalarni parvarishlash va ularni rivojlantirish uchun ota-onalar uchun zaruriy bilim, malaka koʻnikmalarini berish;
Tizimli yondashuv asosida inklyuziv taʼlim va tarbiya jarayoniga jalb etilgan bolalarga nisbatan diskriminatsiya va stigmatizatsiya holatlarini bartaraf etishga qaratilgan faoliyatni olib borish;
Taʼlim, tarbiya muassasalarida alohida ehtiyojga ega boʻlgan bolalar, yoshlar, xotin-qizlar uchun ijobiy, sogʻlom psixologik muhitni yaratishga doir amaliy ishlarni tashkil etish.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori – 40 000 000 soʻmgacha. Loyihalar ijro muddati 1 yilgacha muddatda boʻlishi lozim. Hujjatlar 2022-yilning 16-martidan 16-aprelgacha qabul qilinadi.
Tanlovlarda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi soʻraladi:
Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondining telegram kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi);
Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari (imkon qadar).
Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 formatda): Toshkent shahri, 100066. Islom Karimov koʻchasi, 51-uy manzilida joylashgan Toshkent shahar hokimligining 2-qavati 206 xonada joylashgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi kerak.
Shuningdek, tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat Fondining “Toshkent shahar Jamoat fondi” kanali va ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishish va 97-775-50-51 raqamiga bogʻlanish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q