Madaniyat
Oʻzbekiston xalq artisti Toʻti Yusupova vafot etdi. Bu haqida Oʻzbek milliy akademik drama teatri xabar berdi.
Toʻti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957-yildan oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.
Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, “Shohi soʻzana”), Sonya (A.Chexov, «Vanya togʻa»), Qorasoch (Uygʻun, “Shubha”), Hojar (A.Qahhor, “Tobutdan tovush”), Nuri (Oybek, “Qutlugʻ qon”), Ona (Eʼ Robles, “Oʻlimdan kuchli”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Shafaq (M. Karim, “Oy tutilgan tunda”), Rahima (Oʻ. Umarbekov, “Komissiya”), Sotti (S.Ahmad, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”), Fotima, Zebi (Oʻ.Umarbekov, “Shoshma quyosh”, “Qiyomat qarz”), Nodira (T.Toʻla, “Nodira”), Mastura (Hamza, “Paranji sirlari”) kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.
Toʻti Yusupova 1994-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
112747
Jamiyat
95424
Jamiyat
92213
Jamiyat
76544
Jamiyat
//
Izoh yo‘q