Prezident qaroriga koʻra Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina maktabi tashkil etiladi

Saqlash
23:56 / 14.03.2022 1115 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e'lon qilindi.

 

Unga koʻra, Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etiladi.

 

Unga koʻra, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda Oʻzbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash;

 

Oʻzbekiston milliy terma jamoalariga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;

 

yosh istiqbolli sportchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi, gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va boshqa sport-taʼlim muassasalari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish kabilar maktabning bosh vazifalari etib belgilangan.

 

2022/2023 oʻquv yilidan faoliyatini boshlaydigan maktab oʻquvchilarining umumiy kontingenti 165 nafarni tashkil etib, ular 1-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi. Oʻquvchilarni umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, gimnastika maktabi oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;

 

Gimnastika maktabini tashkil etish va jihozlash uchun Davlat byudjetidan jami 25 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

.

Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I.Ikramov hamda Toshkent shahar hokimi J.A.Artikxodjayev belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//