Sport
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etiladi.
Boks maktabi oʻz faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi. Maktab uchun bir qator vazifalar belgilangan.
Xususan, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda Oʻzbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash;
xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali boks boʻyicha trenerlar tarkibini mustahkamlash;
Oʻzbekiston milliy terma jamoalariga yuqori mahoratli bokschilarni tayyorlash kabilar.
Boks maktabini tashkil etish va jihozlash uchun Davlat byudjetidan jami 25 milliard soʻm yoʻnaltirishi belgilangan. Maktab oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 175 nafarni tashkil etib, ular 5-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;
boks maktabi oʻquvchilarini umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida amalga oshiriladi;
boks maktabi oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan taʼminlashda oliy mahorat sport maktablarining normativlari tatbiq etiladi;
boks maktabi oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgarlik sportni rivojlantirish vaziri A.I.Ikramov hamda Toshkent shahar hokimi J.A.Artikxodjayev zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q