Madaniyat
Buxoro shahridagi “Talipoch qalʼa darvozasi” chap tomonidagi qalʼa devorining bir qismi qulab tushgan. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyat hokimiyati, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi, Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi masʼul xodimlari va maxsus ekspertlaridan iborat jamoatchilik ilmiy maslahat kengashi aʼzolari hodisa joyida oʻrganish ishlarini olib borgan. Taʼkidlanishicha, “Talipoch qalʼa darvozasi”da 2003-yilda restavratsiya ishlari amalga oshirilgan boʻlsada, unda shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻyilgani, taʼmirlash ishlari malakali ustalar tomonidan olib borilmagani oʻz taʼsirini koʻrsatgan.
Oʻtgan yillar davomida qalʼa atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning choʻkishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo boʻlishi hamda joriy yilning mart oyida kuzatilgan doimiy yogʻingarchilik devorning choʻkishi va qulab tushishiga olib kelgani aniqlangan.
Shuningdek, “Talipoch qalʼa darvozasi” 2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy-madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining manzilli roʻyxatiga kiritilgan. “Hozirda soha mutasaddilari tomonidan obyektning atrofini oʻrab olish, hududda yashovchi fuqarolar va sayyohlar xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilgan. Ekspertlar tomonidan obyektni tezkorlik bilan qayta tiklash choralarini koʻrish boʻyicha muhokamalar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q