Jamiyat
“Oʻzgidromet” respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi bilan kuzatiladigan beqaror ob-havo keyingi haftaning birinchi yarmigacha saqlanib turishini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Faqat Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyati ayrim hududlarida yogʻingarchilik kamroq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik yomgʻir va qor koʻrinishida, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol tezligi 25-28 metr/sekundga yetishi mumkin.
Havo harorati 17-20 daraja iliqdan 13-16 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.
Togʻoldi va togʻli hududlarda sel kelishi, togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.
Respublika hududi boʻyicha beqaror ob-havo saqlanib turishi atmosferada juda faol janubiy frontal zonalarni mavjudligi hisobiga, respublika hududiga doimiy ravishda nam bulutli massivlar kirib kelishini hosil qiladi.
Markaz maʼlumotiga koʻra, 2021-yilning martida ham Oʻzbekistonda tez-tez yomgʻir yogʻishi bilan ob-havoning xuddi shunday holati kuzatilgan. Toshkentda yomgʻirli kunlar soni 21 kunni tashkil etgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q