Siyosat
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi.
«Bugungi oʻzgaruvchan sharoitda iqtisodiyotimizni barqaror oʻsishini taʼminlashning eng samarali yoʻli – ichki imkoniyatlarni ishga solish, yaʼni import boʻlayotgan tayyor mahsulotlarni oʻzimizda ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirishdan iborat.
Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor yoʻnalishi boʻlishi kerak.
Buni oʻylamagan, atrofdagi vaziyatdan bexabar, siyosatni tushunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining ishlashga haqqi yoʻq», dedi davlatimiz rahbari.
37 trillion soʻmlik yangi mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha 2022-2023-yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish boʻyicha qabul qilingan dasturning aniq ijrosini soʻrash vaqti kelgani qayd etildi.
Prezident koʻp tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada hali dunyoqarashini oʻzgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotganini tanqid qildi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95125
Jamiyat
91367
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q