Jamiyat
“Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan Oʻzbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan taʼminlanadi;
davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.
2022-yil 1-iyungacha “Yosh vatandoshlar reyestri” elektron tizimi ishga tushirilib, mazkur tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq roʻyxatdan oʻtadigan platformaga integratsiya qilinadi.
Har yili 1-martgacha davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlash boʻyicha asoslangan takliflarni Yoshlar ishlari agentligiga beradi.
Agentlik 1-aprelgacha takliflarni oʻrganib Prezident Administratsiyasiga tavsiya kiritadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q