Samarqandda nogiron yigit oʻzini xavfga qoʻyib insonlarni qutqardi

Saqlash
19:36 / 11.03.2022 835 0

Birinchi guruh nogironi Samarqand viloyatida yuz bergan avtohalokatda mashina ichida qolib ketgan bolani qutqarib qolishga harakat qilgan. Bu haqida “Yoshlar” telekanalining Yangi davr koʻrsatuvida ma'lum qilindi.

 

Xabarda aytilishicha, 17-fevral kuni Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchi rol boshqaruvini yoʻqotishi natijasida ariqqa tushib ketib, teskari holatda turib qoladi. Mashinaning motori yoniq qolgani uchun portlab ketish xavfi paydo boʻladi va yoʻlovchilarga yordamga shoshilgan odamlar mashinadan uzoqlashishni boshlaydi. Shunda kimdir mashina ichida bola borligini aytadi. Buni eshitgan oʻsha yerda turgan birinchi guruh nogironi Ulugʻbek Yusupov mashina ichiga kirib, dvigetilini oʻchiradi va bolaning hayotini qutqarib qoladi.

 

“Mening bir oʻgʻil, bir qizim bor. Bola bor deyishgani uchun tushdim. Chunki qarasam hech kim qolmadi. Hamma qochyapti. Bola bor degandan keyin chidab turolmadim”, deydi Ulugʻbek Yusupov.

 

Transport hodisasi natijasida hech kimga zarar yetmagan. Faqat mashina haydovchisi yengil jarohat olgan. Holat yuzasidan Pastdargʻom tumani Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//