Navoiyda 250 gramm radioaktiv moddani 50 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi

Saqlash
19:20 / 11.03.2022 805 0

Navoiy viloyati Navbahor tumanida 250 gramm radioaktiv moddani noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar ushlandi, deya xabar berdi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi.

 

4-mart kuni Navoiy viloyati IIBga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, u oʻz arizasida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi ikki nafar shaxs radiy radioaktiv moddasini 50 ming dollarga sotmoqchi ekanini maʼlum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

 

Mazkur arizaga asosan, 5-mart kuni Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Navbahor tumani IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida tumanning “Qalqonota” mahallasida joylashgan “Shukrona” toʻyxonasi oldida ikki nafar shaxs bir dona shisha idishga joylashtirilgan «Radiy Ra 226 02 5» yozuvli 250 gramm radioaktiv materialni maxsus xaridorga 50 ming dollarga sotayotgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Holat yuzasidan 2022-yil 5-mart kuni Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 252-moddasi (radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//