Ilm-fan
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Behzod Yuldashev ilmiy rahbarligidagi oʻzbek fizik-olimlar guruhi jahonda ilk bor yangi elementar zarracha mavjudligini eksperimental tarzda koʻrsatishdi. Bu haqida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bir nuklonga 3.4 GeV energiyali karbon yadrolarining karbon yadrolari bilan toʻqnashuvlarining tahlili natijasida ikkita proton va bitta pi-mezondan iborat sakkiz kvarkli tizimda yangi rezonans zarracha topilgan.
Kashf etilgan qisqa yashovchi zarrachaning massasi 2118 ± 1 MeV/c2 ga teng boʻlib, uning yashash davri kuchli oʻzaro taʼsir vaqtiga qaraganda nisbatan katta boʻlishi koʻrsatildi (yangi rezonans zarrachaning kengligi 4 MeV/c2 dan oshmaydi).
Kuzatilgan rezonans strukturaning fon taqsimotidan eksperimental oshishi 122 ± 20 hodisani yoki 4.5 standart xatolikni (sigmani) tashkil etgan.
Yangi rezonans zarracha toʻgʻrisida olingan natijalar mualliflar tomonidan World Scientific halqaro nashriyot kompaniyasining Web of Science hamda Scopus bazalarida indeksatsiyalangan nufuzli International Journal Of Modern Physics E (Nuclear Physics) nomidagi ilmiy jurnalda chop etilgan.
Hozirda maqola mualliflari yangi zarracha kuzatilishi mumkin boʻlgan yadroviy toʻqnashuvlarga oid boshqa eksperimental maʼlumotlarni tahlil qilishmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q