Jamiyat
Navoiyda mansabdorning xizmat faoliyatiga oid maʼlumotlarini internetda tarqatish bilan tahdid qilib, 1500 dollar olgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati rahbari Oʻktam Usmonov xabar berdi.
2022-yilning 9-mart kuni Navoiy shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaro N.N. viloyat IIB boshligʻiga ariza bilan murojaat qilib, tanish ayol D.B. unga xizmatga oid maʼlumotlarini internet orqali tarqatish bilan tahdid qilayotganini bildirgan. Uning soʻziga koʻra, D.B. 4-mart kuni undan tovlamachilik yoʻli bilan 3 million soʻm pul olgan. Oradan bir necha kun oʻtgach, yana tahdid qilib 1500 dollar pul talab qilgan.
D.B. fuqaro N.N. dan 1500 dollar pulni viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir vaqtida olganda qoʻlga tushgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik, yaʼni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻz mulki yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q