Jamiyat
Samarqandda 25 yoshli qiz oʻz onasini oʻqlov bilan kaltaklagani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi holatga munosabat bildirib, bu boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilganini maʼlum qildi.
Samarqand shahar “Imom Vose” MFYda yashovchi 57 yoshli H.N. “Bogʻibaland” MFYda yashovchi kenja qizi I.N.ning (1997-yilda tugʻilgan) yashash uyiga kelib, u bilan oʻzaro uy-joy masalasida tortishib qolishi natijasida ona va bola oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Ona va qiz oʻrtasidagi tortishuv pul oldi-berdisi hamda uy-joy tufayli vujudga kelgan boʻlib, fuqaro I.N. mazkur sabab tufayli onasiga doimiy tazyiq oʻtkazib kelgan.
Hozirda fuqaro H.N. oʻrnatilgan tartibda himoya orderi berilgan hamda “Bogʻibaland” mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimi Z.Xoʻjamurodovaning doimiy nazoratiga topshirilgan. Shuningdek, ona va bola oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchiliklarni hal etish boʻyicha huquqiy tushuntirish ishlari olib borilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q