Jamiyat
Oʻzgidromet axborot xizmati maʼlum qilishicha, joriy yilning 11-15-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent tumanlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fergʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Ulugʻnor tumanlarida sel kelish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q