Jamiyat
Oʻzbekistonda 11-mart, juma kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchayadi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q