Jahon
2020-yilning 11-mart kuni JSST tomonidan dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangani rasman eʼlon qilingan edi. Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus oʻtgan davrda bu xavfli infeksiyadan vafot etganlar soni 6 million kishidan oshganini maʼlum qildi.
“Bu biz uchun juda katta yoʻqotish, - dedi u. — Hozir dunyo boʻylab kasallanish va oʻlim holatlari kamayib borayotgan boʻlsada, pandemiya hali tugamaydi. Chunki buning uchun u yer yuzining barcha nuqtalarida birdek yakunlanishi kerak”.
Mazkur bayonot asosli dalillarga tayanadi. Negaki keyingi paytlarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan koʻplab mamlakatlarda kasallanish va oʻlim darajasi oʻsishda davom etyapti. Shuningdek, shu yilning yanvar oyi boshida kiprlik olimlar tomonidan “delta” va «omikron» shtammlari xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan yangi «deltakron» mutatsiyasi aniqlangandi. Ammo yaqin-yaqingacha JSST mazkur shtammning mavjudligini shubha ostiga olib kelayotgandi.
Kuni kecha tashkilotning favqulodda vaziyatlar boʻlimi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerxove Jenevada boʻlib oʻtgan navbatdagi brifingda «deltakron» Yevropada paydo boʻlganini rasman maʼlum qildi. Bayonotda keltirilishicha, mazkur mutatsiya turi Fransiya, Niderlandiya va Daniyada aniqlangan. Lekin hozircha juda kam miqdorda.
Eslatib oʻtamiz, pandemiya boshlangandan buyon dunyoda qariyb 452 million kishi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan. Shuningdek, infeksiyaning oldini olish maqsadida jami 11 milliard dozaga yaqin vaksina qoʻllanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q