Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoniga asosan, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari tayinlandi. Quyida ularning toʻliq roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:
Axmedova Maryam Xalilayevna — Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga;

Abdullayeva Gulnoraxon Maʼrifjonovna— Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Ibragimova Firuza Baxodirxonovna — Buxoro viloyat hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Muxtorova Nazira Abdusattorovna — Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Karamova Komila Zaydullayevna — Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Mamadiyarova Malika Tadjiyevna — Navoiy viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Yakubova Dinora Isakovna — Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Raxmanova Zebiniso Pulatovna — Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Xidirova Zulxumor Abdirashidovna — Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lovozimiga;

Tojibayeva Nargiza Keldibekovna — Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Kavlanova Kamila Anvarovna — Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Kurbanbayeva Gulsara Axmedovna — Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Mirgaziyeva Zuhra Toʻrayevna — Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Umarova Nodira Nigmatullayevna — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
110178
Jamiyat
94337
Jamiyat
90218
Jamiyat
73615
Jamiyat
//
Izoh yo‘q