Madaniyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilishi munosabati bilan Hazrati Imom majmuasi tarkibiga kiruvchi gumbazli binolardan biri buzilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, xabarlarda qadimiy koʻchalar ham taʼmirlanayotgani aytilgan. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari xabar yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borgan.

Maʼlum boʻlishicha, 2008-yil Baroqxon madrasasini taʼmirlash uchun ikkita gumbaz buyurtma qilinib, biri madrasaga ishlatilgan. Ikkinchisidan unumli foydalanish maqsadida esa ushbu bino qurilgan.

“Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, bino Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq Moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatidan oʻrin olmagan”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q