Jamiyat
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani hokimining yordamchisi qoʻlga olingan. Maʼlum qilinishicha, fuqaro A.M. tumandagi “Yangiobod” mahallasi hududida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hokimlik orqali yer maydoni olmoqchi boʻlgan.
Hokim yordamchisi B.X. esa unga mahalla hududidan stadion va sport majmuasi qurish uchun “Ye-auksion” orqali tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 60 sotix yer maydonini tanishlari orqali olib berishda yordam berishi mumkinligini aytib, evaziga fuqarodan 5 million 500 ming soʻm pul talab qiladi.
B.X. fuqarodan 5,5 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida DXX tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
111556
Jamiyat
94624
Jamiyat
90617
Jamiyat
75060
Jamiyat
//
Izoh yo‘q