Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bogʻliq qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari oʻrmon fondi yerlarida «Orolqum», “Pop”, “Omonqoʻton”, «Yuqori Toʻpalang» va “Bobotogʻ” milliy bogʻlari tashkil etiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi milliy tabiat bogʻlarining muassisi hisoblanadi.
Milliy tabiat bogʻlarining faoliyati davlat byudjeti mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjat bilan «Orolqum», “Pop”, “Omonqoʻton”, «Yuqori Toʻpalang» va “Bobotogʻ” milliy bogʻlarining yer maydonlari, qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalaniladigan zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlangan.
Hujjat qonun hujjatlari milliy maʼlumotlar bazasida eʼlon qilingan va 2022-yil 5-martdan kuchga kirgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q