Jamiyat
“Toshkent” aeroportining mahalliy aviayoʻnalishlar terminalida ikkinchi A321neo NX havo kemasini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqida OʻzA xabar qildi.
UK32103 roʻyxatga olish raqamini olgan A321neo NX havo kemasi “Uzbekistan Airways” ekipaj aʼzolari – Maksim Shulepin va Nagay Yevgeniy boshqaruvida olib kelindi.
Mazkur samolyot Yevroosiyo qitʼasi boʻylab deyarli toʻla yuk bilan parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, Oʻzbekiston poytaxtidan ancha uzoq boʻlgan Toshkent – London, Toshkent – Seul, Toshkent – Kuala Lumpur kabi yoʻnalishlarda qatnovni amalga oshiradi.
Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonnani tashkil etadi. Shuningdek, samolyot 23 ming kg tijorat yuklarini tashishi imkoniyati mavjud. Havo kemasi sahnida 188 yoʻlovchi oʻrindiqlari, ulardan biznes-klass – 16 va ekonom klassida 172 oʻrindiqqa ega.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91367
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q