Jamiyat
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida koʻriladigan xavfsizlik choralari haqida maʼlumot berdi. Ular quyidagilar:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini oʻchirish;
- koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan soʻng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomgʻir yogʻishi, shuningdek shamol tezligi 12-14 m/s kuchayishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q