MDH davlatlarining yetakchi ayollari reytingi eʼlon qilindi. Unda oʻzbekistonlik ayollar ham bor

Saqlash
17:07 / 09.03.2022 1544 0

MDH davlatlarining 30 nafar yetakchi ayoli reytingi eʼlon qilindi. Roʻyxatda 6 nafar oʻzbekistonlik ayollar ham bor

8-mart –  Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab MDH davlatlaridan 30 ta yetakchi ayollar roʻyxati eʼlon qilindi. Roʻyxatdan siyosat, biznes, madaniyat, fan, sport olamidagi ayollar va boshqa jamoat arboblari joy olgan. 

 

Roʻyxatdagi ayollar jamiyatda oʻz taʼsiriga ega va jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan deya baholangan.


Roʻyxatga 30 nafar ayolni tanlab olingan hamda ular 6 toifaga (hokimiyat, biznes, fan, jamiyat, sport va madaniyat, OAV) ajratilgan. Kuchli oʻttiztalikka oʻzbekistonlik ayollardan 6 nafari kiritilgan.

 

Hokimiyat

 

Ushbu turkumga ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati vakillari, diplomatlar, siyosiy partiyalar va davlat institutlari aʼzolari boʻlgan ayollar kiritilgan.

 

Shahnoza Mirziyoyeva — Maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi (Oʻzbekiston);

 

 

Tanzila Norboyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi (Oʻzbekiston);

 

Фото: Кун.уз

 

Fan va salomatlik

 

Oʻzini ilm-fanga, odamlarning hayoti va salomatligi uchun kurashga bagʻishlaganlar.

 

Jamila Poʻlatova – Oʻzbekiston onkologlar assotsiatsiyasi bosh kotibi, Jamila Poʻlatova nomidagi onkologiya maktabi asoschisi va rahbari (Oʻzbekiston);

 

 

Shahlo Turdiqulova — Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari, Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori (Oʻzbekiston).

 

 

Sport va madaniyat

 

Xalqaro sport musobaqalari chempionlari va taniqli madaniyat arboblari.

 

Gayane Umerova — Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori (Oʻzbekiston);

 

 

Alina Hakimova – sportchi, triatlon boʻyicha harbiylar oʻrtasida jahon chempioni (Oʻzbekiston).

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//