Jamiyat
Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Muxtor Muhitdinov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqdagi qarorga Jahongir Ortiqxoʻjayev 3-mart kuni imzo chekkan.
“Gazeta.uz”ga Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, u mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Muxtor Muhitdinov 1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
2020-yilning noyabrida Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q