Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda davomatni “aqlli” kameralar orqali aniqlash boʻyicha tarqalayotgan xabarlar muhokamalarga sabab boʻldi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 18-sentabrdagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga koʻra maktab oʻquvchilarining davomati sinf miqyosida fan oʻqituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan “e-maktab” platformasi orqali har kuni belgilab boriladi.
Nizomga koʻra maktabda faoliyat yurituvchi inspektor-psixolog tomonidan sababsiz dars qoldiruvchi oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga dastlab oʻrnatilgan tartibda rasmiy ogohlantirish xati yuboriladi. Bunda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan oʻquvchining maktabga taʼlim olishi uchun muntazam borishini taʻminlash soʻraladi hamda mazkur qonuniy talabni bajarmaslik ularga nisbatan tegishli qonuniy javobgarlik belgilanishiga sabab boʻlishi haqida ogohlantiriladi.
Oʻquvchilarning muntazam dars qoldirishi kuzatilsa, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra tegishli javobgarlikka tortish chorasi koʻriladi. Ushbu modda quyidagilarni nazarda tutadi:
➖ ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — BHMning bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
➖ xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa — BHMning besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ayrim maktablarga sinov tariqasida oʻrnatilayotgan “aqlli” kameralar mazkur jarayonlarni yanada samarali tashkil etishda maktab maʼmuriyatiga katta koʻmak berishi koʻzda tutilgan. Bu esa nafaqat, maktab jamoasi, balki ota onalarning ham oʻz farzandlarini taʼlim olishi va darslarga qatnishishini onlayn nazorat qilish, shuningdek, ularning xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
112235
Jamiyat
94912
Jamiyat
91010
Jamiyat
75783
Jamiyat
//
Izoh yo‘q