 
                   
                    Siyosat
Oʻzbekistonda Xotin-qizlar va oila ishlari qoʻmitasi tuzilgani va Bosh vazir oʻrinbosari — Xotin-qizlar va oila ishlari qoʻmitasi rahbarligiga Zulayho Mahkamova nomzodi maʼqullangani haqida xabar bergan edik.
“Menimcha” dasturida maʼlum qilinishicha, Prezident bu lavozimga nega aynan shu vaqtga qadar Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Zulayho Mahkamova nomzodi tanlanganiga izoh bergan.
“Men koʻpdan beri niyat qilib yurardimki, mana shu lavozimga nomzod qishloqdan kelsa, yerni, haqiqatni bilsa, hozirgi islohotlarimizning qadriga yetsa va ayollarni ortidan ergashtira oladigan rahbar kerak edi menga”, dedi Prezident.
Shuningdek davlat rahbari qayta tashkil etilgan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri etib Tursinxan Xudaybergenov nomzodi tanlanganiga ham toʻxtaldi.
«Xudaybergenov vakolatni olgan. Prezident maslahatchisi sifatida qoladi va mahalla vaziri boʻladi. Boshlagan ishlarimizni davom ettirishimiz kerak», deya taʼkidlagan Prezident.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q