Prezident qarori bilan bir guruh qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi (roʻyxat)

Saqlash
23:03 / 05.03.2022 1051 0

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini amalga oshirish, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim gʻoya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik koʻrsatayotgan qizlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti   Sh.MIRZIYOYEV

 

 

* * *

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 5-martdagi PQ-155-son qaroriga ilova

 

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANGANLAR ROʻYXATI


Maqsadova Zuxraxon Qaxramon qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi

Orinbayeva Yerkinay Quanishbay kizi - Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi

Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi - Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi

Mashrabova Muxlisa Alijon qizi - Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi

Davlatova Nafosat Furqat qizi - Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna - Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich oʻquvchisi (Jizzax viloyati)

Bahodirova Sevara Bahodir qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Gʻoʻchchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti

Murodullayeva Yulduz Bexzod qizi - Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta oʻqituvchisi

Axmadaliyeva Nilufar Qobuljon qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Jurayeva Gulchexraxon Zokirjon qizi - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Orziqulova Xilola Fazliddin qizi - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Xalilova Mahbuba Asqarali qizi - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf oʻquvchisi

Abdunabiyeva Farangiz Odiljon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 11-sinf oʻquvchisi

Alimova Eʼzoza Zafar qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Qushoqova Gulhayo Bahodir qizi - Surxondaryo viloyati Termiz jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich oʻquvchisi

Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna - Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti

Abdusalamova Kumushxon Shakir qizi - Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)

Seit-Asan Feride Ernestovna - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)

Naypak Vasilisa Romanovna - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining 3-bosqich talabasi (Fargʻona viloyati)

Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi - Fargʻona politexnika institutining 1-bosqich magistranti

Davletova Ullijon Sapavoy qizi - Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Saʼdullayeva Madina Odamboy qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi

Jamilova Sabina Ulugʻbek qizi - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Rixsiboyeva Madinaxon Qodirjon qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining kafedra oʻqituvchisi (Toshkent shahri)

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish