“Atirgul” tanlovi gʻoliblari aniqlandi (roʻyxat)

Saqlash
22:21 / 04.03.2022 1159 0

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan mamlakatimizda jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga koʻmaklashish, erishgan yutuqlarini eʼtirof etish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida anʼanaviy oʻtkazib kelingan “Atirgul” tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

 

Tanlovda yuzdan ortiq jurnalistlar, axborot xizmati xodimalari va jurnalistika sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimalar oʻz materiallari bilan ishtirok etishgan. Quyida gʻoliblar roʻyxati bilan tanishing:

 

“Inson qadri ulugʻlangan eng yaxshi materiallari uchun” nominatsiyasi

Umida Gʻafforova – “Mahalla radiosi” boʻlim mudiri

Sevara Alijonova – “Fargʻona haqiqati” gazetasi boʻlim mudiri (ragʻbatlantiruvchi)

 

“Gender tenglik masalasi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun” nominatsiyasi

Marusa Hosilova – “Inson va qonun” gazetasi muxbiri

Farida Egamberdiyeva – “Darakchi” gazetasi boʻlim mudiri (ragʻbatlantiruvchi)

 

“Yoshlar muammolari eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun” nominatsiyasi

Muhabbat Hamidova – “Gulxan” jurnali bosh muharriri oʻrinbosari

Aisha Xushnazarova – “Mening yurtim” telekanali muxbiri (ragʻbatlantiruvchi)

 

“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun” nominatsiyasi

Venera Sariyeva – Qoraqalpogʻiston telekanali bosh muharriri,

Gulnoza Turgʻunboyeva – “Postda” gazetasi maxsus muxbiri (ragʻbatlantiruvchi)

 

“Ekologik muammolar eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun” nominatsiyasi

Madina Umarova – “Davr” informatsion dasturi katta muharriri

Nargiza Yunusova – “Human.uz” portali jurnalisti (ragʻbatlantiruvchi)

 

“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun” nominatsiyasi

Feruza Rahmonqulova – “Surxon tongi” gazetasi kotibiyat mudiri

Gulnora Hojimurodova – “Vatanparvar” gazetasi boʻlim mudiri (ragʻbatlantiruvchi)

 

“Jurnalistika sohasidagi eng yaxshi ilmiy-tadqiqoti uchun” nominatsiyasi

Sadoqat Mahsumova – OʻzJOKU tayanch doktoranti

Jumanova Sanobar – “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri, f.f.n (ragʻbatlantiruvchi)

 

“OAV bilan faol va tezkor ishlagani uchun” nominatsiyasi

Dilrabo Kuryazova – Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//