O‘zbekistonda koronavirus bilan to‘liq emlanganlar soni salkam 2 mln ga yetdi

Saqlash
19:32 / 31.08.2021 1001 0

Oʻzbekistonda 30-avgust kuni COVID-19 ga qarshi 311 173 doza vaksina qoʻllanildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Shundan 98 975 doza birinchi bosqichda, 155 558 doza ikkinchi bosqichda va 56 640 doza uchinchi bosqichda qoʻllangan.

Shu kungacha Oʻzbekistonda jami 14 338 693 doza vaksinadan foydalanilgan boʻlib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 9 490 884 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 3 556 737 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 1 291 072 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar esa 1 812 280 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Samarqand viloyati (50 909 doza),

Toshkent viloyati (30 688 doza),

Namangan viloyati (26 803 doza),

Fargʻona viloyati (26 248 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:

Fargʻona viloyatida 1 646 748 doza,

Namangan viloyatida 1 636 134 doza,

Andijon viloyatida 1 505 856 dozani tashkil qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//