Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
2021-yil iyulda Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralarda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan edi. Bu galgi tashrifda koʻp qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish choralari muhokama qilinadi. Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Siyosat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
112747
Jamiyat
95424
Jamiyat
92213
Jamiyat
76544
Jamiyat
//
Izoh yo‘q