Jamiyat
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov Ukrainadagi vaziyat yuzasidan ommaviy axborot vositalari tomonidan yoʻllangan savollarga javoblar qaytardi.
Xususan, u Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolari ham Ukrainadan evakuatsiya qilishda Oʻzbekistondan yordam soʻrab murojaat qildimi, degan savolga toʻxtalib oʻtgan.
“Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon fuqarolaridan Lvovdagi muvofiqlashtirish markazimizga murojaatlar boʻlib turibdi. Imkon darajasida ularni chegaragacha yetkazishda yordam berilmoqda”, deydi u.
Shuningdek, Kabuljanov Polsha hududida evakuatsiya qilinishini kutayotgan Oʻzbekiston fuqarolari 15 kun ichida ushbu mamlakatni tark etishlari zarurligini eslatib oʻtgan.
“Polshadan aholini evakuatsiya qilish boʻyicha maxsus komissiya boshidanoq evakuatsiya uchun muhlatni 2022-yilning 15-martigacha belgilagan. Keyin esa chet el fuqarolari uchun vizasiz tartib tugaydi va jarimalar qoʻllanishi boshlanadi”, deydi TIV rasmiy vakili.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q