“Oʻzbekneftgaz”ning yubileyi munosabati bilan 2 millionlik mukofot berilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Saqlash
17:01 / 03.03.2022 844 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekneftgaz” AJning 50 yillik yubileyi munosabati bilan aksiya oʻtkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Oʻzbekneftgaz” munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tarqalayotgan soxta loyihada savollar aks etgan havolaga kirib javoblarni toʻldirish taklif qilinadi. Va 2 million soʻm miqdoridagi mablagʻni yutib olish uchun manbani 5 nafar doʻstga yuborish soʻraladi.

 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda turli shaxslarning soxta akkauntlaridan ushbu aksiyada ishtirok etib, daromadga ega boʻlgani va foydalanuvchilarni loyihada faol ishtirok etishga undagan yozuvlari tarqalgan.

 

“Oʻzbekneftgaz” AJ ushbu aksiyani mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

 

“Hurmatli internet foydalanuvchilari «Oʻzbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bunday aksiyaga “Oʻzbekneftgaz” AJning mutlaqo aloqasi yoʻq va bu yolgʻondir», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//