Siyosat
Bugun, 3-mart kuni poytaxtimizda “BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi” mavzusida xalqaro anjuman boshlandi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi, BMT tuzilmalari — Terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi va Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markaz hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilmoqda.
Gibrid formatda oʻtadigan anjumanda XXR, Rossiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq hamda boshqa mintaqalar mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin yuqori martabali shaxs, milliy va xorijiy tahliliy markazlar yetakchi ekspertlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari qatnashmoqda.
Anjumanning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan murojaatnoma oʻqib eshittirildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro konferensiya ishtirokchilariga onlayn tarzda videomurojaat yoʻlladi.
3-4-mart kunlari boʻlib oʻtadigan nufuzli tadbirning yakuniy hujjati sifatida Toshkent deklaratsiyasi va Qoʻshma harakatlar rejasining yangi tahriri qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q