Jamiyat
“Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli”ga Xitoydan zamonaviy va yuqori quvvatga ega boʻlgan yuk va yoʻlovchi lokomotivi keltirildi. Bu haqida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektrovozni sotib olish Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Lokomotivlarni sotib olish yoʻli bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 oʻqli yoʻlovchi va yuk elektrovozi hisoblanadi. Uning quvvati 9600 kVtni tashkil etadi. Shu tufayli lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida ogʻir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga koʻra, mazkur turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 kilometrgacha oshirishi mumkin. Har bir lokomotivning ishlash muddati — 40 yil.
Elektrovoz Toshiba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jihozlangan. Ushbu tizim elektrovozni ortiqcha yuklanishlardan, nosozliklardan himoya qiladi va mashinistga oʻz vaqtida xabar beradi. Yaʼni elektrovozning elektron uskunalarining holati, yuqori va past kuchlanishli elektr jihozlarining holati, tormoz, xavfsizlik, radioaloqa va boshqa tizimlarning sozligi boʻyicha monitor orqali koʻrsatib turadi. Safar davomida uskunalarda muammo aniqlansa, ushbu xabar ichki kompyuter monitoriga chiqariladi. Shuningdek, uni bartaraf etish choralari haqida maʼlumot ham beriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q