Jamiyat
IrAero aviakompaniyasining Samarqand—Irkutsk yoʻnalishi boʻyicha uchgan samolyotidagi 61 nafar yoʻlovchining bagaji aeroportda qoldirib ketildi. Bu haqida «Oʻzaviatsiya» agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28-fevral kuni IAE598 raqamli charter parvozi RRJ-95 (Sukhoi Superjet 100) samolyotida amalga oshirilgan.
Samarqand aeroportidan joʻnab ketishdan oldin, havo kemasi ekipaji tomonidan marshrutdagi shamolning tezligi va yoʻnalishini hisobga olgan holda yetarlicha yonilgʻi quyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Shu sababli ekipaj aʼzolari Samarqand aeroportidan jami 90 nafar yoʻlovchi va 423 kilogramm yuk bilan uchib ketgan. Ushbu samolyotda oʻsha kuni uchish vazni chegaralanganligi sababli 61 nafar yoʻlovchining bagaji Samarqand aeroportida bortga ortilmagan.
IrAero aviakompaniyasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilarning qolib ketgan bagajlarini “Sibir” aviakompaniyasining 2-martga rejalashtirilgan Samarqand—Irkutsk yoʻnalishidagi charter parvozi bilan yetkazilishiga kelishilgan.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q