Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkorlari boʻlgan ayrim mamlakatlarda yuzaga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish boʻyicha respublikamizning har bir tarmogʻi va hududi kesimida aniq chora-tadbirlarning batafsil Rejasini ishlab chiqishga topshiriq berdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Moliya tizimining barqarorligi, korxonalarning uzluksiz ishlashi va rejalashtirilgan investitsiya loyihalari oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tarmoq va hududlar rahbarlari oldiga transport-logistika tarmogʻining ishonchli faoliyatini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish, bunda eksport geografiyasi yanada diversifikatsiya qilinishini ham hisobga olish vazifasi qoʻyildi.
Viloyatlar hokimlariga aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarini kuchaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va ishsiz aholi bandligini taʼminlashni jadallashtirish, shuningdek, inflyatsiya darajasini doimiy monitoring qilish va isteʼmol bozorida narxlarning keskin tebranishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha avvaldan chora koʻrish zarurligi alohida koʻrsatib oʻtildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q