Jamiyat
“Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi.
Qarorga koʻra, mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.
Ushbu lavozimga oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna koʻrsatgan, fidoyi va sadoqatli nomzodlar tayinlanadi.
2022-yil 1-maydan mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (2 mln 877 ming soʻm) miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming soʻm) miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming soʻm) miqdorida.
2022-yil 1-avgustgacha mahallalardagi xotin-qizlar faollari “Ayollar daftari”ni yuritish, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yigʻilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan taʼminlanadi.
Qaror bilan shuningdek, Bosh prokuratura tuzilmasida Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etildi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110245
Jamiyat
94354
Jamiyat
90235
Jamiyat
73683
Jamiyat
//
Izoh yo‘q