Siyosat
Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida telekanallarda namoyish qilinayotgan seriallarda xotin-qizlar obrazi juda yuzaki, salbiy boʻyoqlarda tasvirlanayotgani fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgani aytildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bunday holatlar dunyoqarashi hali shakllanmagan qizlarning tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Mutasaddilarga ibratli xotin-qizlar obrazlari aks ettirilgan yuksak badiiy, kino va sahna asarlari yaratish choralarini koʻrish, buning uchun ijodkorlarga maqsadli grantlar ajratish zarurligi koʻrsatib oʻtilgan.
“Shu oʻrinda oqila qizlarimizga koʻnglimdagi bir fikrni aytmoqchiman. Bugun biz ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan toʻgʻri foydalanib, ilgʻor gʻoyalarni oʻzlashtirishimiz kerak. Lekin milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot boʻlishimiz, oʻzligimizni yoʻqotmasligimiz shart”, deydi davlat rahbari.
Ibo-hayo, poklik, sabr, shukronalik, ilmga intilish singari ezgu qadriyatlarni targʻib qiladigan mobil ilovalar va internet platformalarini yaratish muhim ekani taʼkidlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q