Oʻzbekistonda aliment toʻlashdan bosh tortayotgan otalar soni ochiqlandi

Saqlash
00:08 / 02.03.2022 843 0

Bugungi videoselektor yigʻilishida Prezident eʼtiborni yana bir muhim va oʻta dolzarb masalaga qaratdi.

 

Bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment toʻlash yuklangan.

 

Lekin, ularning 172 ming nafari oʻz farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda.

 

«Oqibatda aliment boʻyicha qarzdorlik 115 milliard soʻmdan oshib ketgan. Har bir viloyat hokimi oʻz raqamlarini biladi.

 

Shu bois 2021-yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bogʻliq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.

 

Bu borada Majburiy ijro byurosining faoliyati qoniqarsiz.

 

Endi aliment toʻlovlarini kafolatli taʼminlash boʻyicha yangi tizim joriy qilinadi», dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

 

2022-yil 1-iyuldan Majburiy ijro byurosida “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

 

Mazkur mablagʻlar uch oy ichida undirish imkoni boʻlmagan alimentlarni toʻlashga ajratiladi va keyinchalik byuro tomonidan undirib olinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//