Ilk marotaba talaba qizlarga kontrakt to'lashlari uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit beriladi

Saqlash
23:18 / 01.03.2022 1122 0

2022-2026-yillarga moʻljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash dasturi qabul qilinadi. Bu haqida Prezident ayni vaqtda oʻtkazilayotgan yigʻilishda maʼlum qildi.

 

Dastur doirasida poytaxtda asosan xotin-qizlarni oʻqitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida toʻqimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Joylarda uning texnikumlari ham ochiladi.

 

Shuningdek, ayni paytda ayollarimiz ulushi past boʻlgan aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yoʻnalishidagi OTMlarda xotin-qiz talabalar ulushi hozirgi 24 foizdan 40 foizgacha yetkaziladi.

 

Buning uchun har yili xotin-qizlarning talaba boʻlishiga kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yoʻnalishlari uchun maqsadli ajratiladi.

 

Yangi oʻquv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda oʻqiyotgan qizlarga taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.

 

“Bu imkoniyat hali bizning tariximizda umuman boʻlmagan”, dedi davlatimiz rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//